9 qavatli komfort-klass turar-joy majmuasi. 42 m² dan 110 m² gacha bo'lgan xonadonlar, ikki liniyali elektr va ichimlik suvi, yashil hudud va keng terrasalar — barchasi G'ijduvon yuragida.
Ma'lumotlaringizni qoldiring — menejerimiz aniq narx, to'lov bo'limi va bo'sh planirovkalarni yuboradi.
Family Park kompaniyasining navbatdagi loyihasi — XUMO turar-joy majmuasi G'ijduvon shahrining markazida, eski Xumo to'yxonasi o'rnida qad ko'tarmoqda. Komfort-klass uylar toifasiga kiruvchi majmua nihoyatda qulay infratuzilmaga ega.
9 qavatdan iborat bo'lgan majmuamizda har bir xonadon uchun maxsus ochiq terrasalar bo'lib, oilaviy maroqli hordiq chiqarish uchun mukammal yechim taqdim etadi.
Har bir element — qulaylik, xavfsizlik va uzoq muddatga mo'ljallangan sifat asosida tanlangan. XUMO'da hech narsa tasodifiy emas.
Shahar elektri o'chsa ham, uyingizdagi yorug'lik, lift va suv tizimi ishlashda davom etadi. Avtomatik tizim.
Har bir xonadonga ikki liniya orqali 6 bosqichli filtr orqali tozalangan ichimlik suvi yetkaziladi.
Har bir blokda 2 ta tezkor, jimgina ishlaydigan FujiHD lifti. Yuk va yo'lovchi uchun alohida yechim.
Majmua hududida 200 dan ortiq daraxtlar va oilaviy dam olish maydonchalari ko'kalamzorlashtirilgan.
Kuzatuv kameralari, qo'riqlash xizmati va kirish nazorati. Farzandlaringiz uchun to'liq xavfsiz muhit.
Oila tadbirlari, to'y va katta yig'inlar uchun alohida zal — endi qo'shni xonadonlarga noqulaylik yo'q.
30 sm gazoblok + 5 sm bazalt qatlam. Qishda issiq, yozda salqin — energiya tejamkor devorlar.
Har bir xonadonda ochiq terrasa. Ertalabki choy, kechki kun botishi — hammasi sizning shaxsiy maydoningizda.
Qulay to'lov bo'limi, ipoteka va naqd narx. Menejer aniq sxemani 5 daqiqada tushuntiradi.
1, 2 va 3 xonali xonadonlar. Maydon 42 m² dan 110 m² gacha. Har bir kvadrat metr funksional ishlatilgan.
Family Park — G'ijduvon va Buxoroda 10 dan ortiq turar-joy majmuasini muvaffaqiyatli topshirib, 500+ oilaga kalitlarni topshirgan quruvchi. XUMO — kompaniyamizning navbatdagi yirik loyihasi.
Eski Xumo to'yxonasi o'rnida, shahar markazida. Maktab, bozor, klinika va banklar — piyoda yetib boriladigan masofada.
Eng ko'p so'raladigan savollarni jamladik. Boshqa savol bormi? Telegram orqali yozing — 10 daqiqada javob beramiz.
XUMO TJM xonadonlari tez sotilmoqda. Eng yaxshi planirovkalar va past qavatlar avval band qilinadi. Endi navbat sizniki.
Bepul konsultatsiya olish →